Jahon

Kim Chen In Rossiya uchun ulkan harbiy zavod qurdirmoqda

KXDR Rossiya armiyasi uchun yangi harbiy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Kim Chen In Rossiya uchun ulkan harbiy zavod qurdirmoqda

 

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy zavodni qurishga buyruq bergani aytilmoqda. Bu haqda Newsweek nashri Planet Labs tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib xabar berdi.

 

Yangi obyekt avvaldan mavjud bo‘lgan harbiy korxona yaqinida joylashgan, ammo o‘lchami jihatidan ancha yirik hisoblanadi. Bino Rossiya armiyasi ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘ va raketalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

 

Frederik Spor (Fridrix Naumann Fondi, Koreya byurosi) “BILD” nashriga bergan izohida quyidagilarni ta’kidladi: “Rossiyaga qurol yetkazish Shimoliy Koreya uchun katta iqtisodiy foyda keltiradi. Ukrainadagi urush fonida Rossiya aynan Shimoliy Koreyadan ballistik raketalar, jumladan KN-23 qisqa masofali raketalarini olayapti”.

 

Shimoliy Koreya 2024-yilda o‘q-dori ishlab chiqarishi maksimal darajada olib borilgan, Rossiyaga millionlab snaryadlar va o‘nlab turdagi raketalar yuborilgan, ushbu harakatlar Janubiy Koreya mudofaa vazirligi tomonidan aniqlangan.

 

Bu holat xalqaro sanksiyalar fonida Shimoliy Koreyaning Rossiyaga qurol bilan yordam berayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"