O'zbekiston

Qibrayda avtobus va Cobalt avariyaga uchradi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qibrayda avtobus va Cobalt avariyaga uchradi

Kecha, 23 iyun kuni soat 17:00 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tgan D-006 “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida avtobus va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “MAN” rusumli avtobus hamda 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli yengil avtomobil o‘zaro to‘qnashgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi natijasida ushbu transport vositalaridan tashqari yana bir necha avtoulovlarga ham shikast yetgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan. Holat yuzasidan Qibray tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Fuqaro gaz hisoblagichining filtr qismidan rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulangan.

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.