Jahon

Eronning yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinmadi — OAV

Donald Tramp esa OAVni “yolg‘onchilar” deya atab, Eron yadroviy inshootlari butunday yo‘q bo‘lib ketganini aytishdan charchamayapti.

Eronning yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinmadi — OAV

AQSH razvedkasi Eronning yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinganini tasdiqlamadi. Oq uy bundan g‘azablandi

 

Pentagon razvedka boshqarmasi AQSH zarbalari Eronning yadroviy dasturini butunlay yo‘q qilmaganini, faqat uni bir necha oyga orqaga surganini maʼlum qildi. Bu haqida CNN va The New York Times manbalari xabar bermoqda.

 

"Boyitilgan uran zaxiralari oldindan FordoNatanz va Isfahon obyektlaridan boshqa joylarga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin, shuningdek, sentrifugalar zarar ko‘rmagan", deya Pentagon hisobotidan iqtibos keltiradi OAV.

 

CNN asosiy zarar yer usti inshootlariga yetkazilganini taʼkidladi. Bundan tashqari, NYT‘ning yozishicha, Eronning uranni boyitish bo‘yicha kichik yashirin obyektlari ham zarar ko‘rmagan.

 

Bloomberg agentligi Isfahon obyektidagi uchta reaktorga zarar yetmaganini xabar qildi. Agentlikning MAGATEdagi (Xalqaro atom energiyasi agentligi) manbalariga ko‘ra, AQSH bu reaktorlarga ataylab hujum qilmagan bo‘lishi mumkin.

 

Oq uy ushbu xabarlarga keskin munosabat bildirdi. Prezident Donald Tramp ommaviy axborot vositalarini “muvaffaqiyatsizlar” va “yolg‘onchilar” deb atab, ular bomba tashlagan uchuvchilardan uzr so‘rashi kerakligini aytdi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuotning shubhalarini "prezidentni kamsitish va jasur uchuvchilarni obro‘sizlantirishga urinish" deb atadi.

 

"30 ming fut og‘ irlikdagi o‘n to‘rtta bomba aniqlik bilan tashlansa, bu nishon to‘liq yo‘q qilinishini hamma biladi", — dedi Livitt.

 

Donald Tramp chorshanba kuni AQSHning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalari "butunlay yo‘q bo‘lib ketgan" degan daʼvosini takrorladi.

 

Tramp ayni damda Niderlandiyada NATO sammitida bo‘lib, u yerda bir necha soatdan keyin matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.

 

Tehron esa Isroil va AQSHning yadroviy inshootlarini nishonga olishi ortidan yadroviy qurollarni tarqatmaslik haqidagi asosiy shartnomadan chiqish bilan tahdid qilmoqda.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"