Jahon

Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Uning noqonuniy daromadlari davlat xazinasiga olib qo‘yilgan.

Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyning Chjuxay shahar sudi 24-iyun kuni poraxo‘rlikda ayblangan Day Daojinni o‘lim jazosiga hukm qildi. U Xunan provinsiyasi Xalq siyosiy maslahat kengashi sobiq rais o‘rinbosari bo‘lib, 15 million dollardan ortiq noqonuniy boylik orttirganlikda ayblandi. Bu haqda China daily xabar bermoqda.

 

Sud hukmiga ko‘ra, hukm ijrosi ikki yilga kechiktirilgan, bu muddatdan so‘ng u umrbod qamoq bilan almashtirilishi mumkin. Shuningdek, Day Daojin siyosiy huquqlardan umrbod mahrum etildi va mol-mulki musodara qilindi.

 

U xizmat mavqeyidan foydalangan holda o‘zi yoki qarindoshlari orqali 107 million yuandan ortiq (14,9 million dollar) pora olgani aniqlangan. Uning noqonuniy daromadlari davlat xazinasiga olib qo‘yiladi.

 

Xitoy rahbari Si Szinpin korrupsiyaga qarshi kurash doimiy davom etishini ta’kidlab, partiyada bunday jinoyatlarga hech qachon toqat qilinmasligini aytgan.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

custom img

AQSh sudi yangi viza qoidalarini blokladi: jurnalist va talabalar uchun cheklovlar vaqtincha to‘xtatildi

Taklif etilgan yangi tartibga ko‘ra, xorijiy talabalar AQShda to‘rt yilgacha, jurnalistlar esa 240 kungacha qolishi mumkin edi.

custom img

Tramp muzokarani taklif qildi, Eron shart qo‘ydi

Eron rasmiysi AQSh bilan muzokaralar uchun belgilangan shartlarga amal qilinishini talab qildi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"