O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

Jurnalistlarning mehnati Vatan posbonlarining jasoratiga teng.

Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

Qayd etilishicha, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 2 ming 400 ga yaqin OAVning 65 foizi nodavlat sektor hissasiga to‘g‘ri kelayotgani, xususiy nashrlar, teleradiokanallar, internet resurslari tobora ortib, ulardan foydalanuvchilar soni 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgani, axborot kontentlarini yaratuvchilar safi kengayib borayotgani, hech shubhasiz, mamlakatning media sohasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Ayniqsa, milliy mediakontentni rivojlantirish yo‘lida yosh ijodkorlar, mustaqil studiya va prodyuserlik markazlari faoliyati qo‘llab-quvvatlanayotgani virtual makonda yuksak sifatli, raqobatbardosh loyihalar paydo bo‘lishi uchun zamin yaratmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, jurnalistlar va ijodiy jamoalar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, bu yil "Oltin qalam" milliy mukofoti birinchi marta 27 iyunda – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida topshirilmoqda.

 

"Fursatdan foydalanib, bugun sizlarning ishtirokingizda tantanali ravishda taqdirlanadigan barcha tanlov g‘oliblarini va yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman",- deydi Shavkat Mirziyoyev.

 

Sizlarning har biringiz kelgusida o‘z tajriba va mahorat maktabingizni yaratib, milliy jurnalistikamiz ravnaqiga yana-da katta hissa qo‘shasizlar, deb ishonaman.

 

Hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash, ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bundan buyon ham Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

 

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

 

Doimo sog‘-omon bo‘ling, masʼuliyatli va sharafli mehnatingizdan baraka toping, azizlar!

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"