Qibrayda fuqaro kanalga tushib ketdi
U FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolingan.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi. Bu haqida FVV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 27 iyun kuni soat 13:36 da Toshkent viloyati FVBga 112 tizimi orqali Qibray tumani “GES Qodiriya” MFY “Mustaqillik” ko‘chasidan oqib o‘tgan “Bo‘zsuv” kanaliga fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketgandi. Oqibatda qizning onasi va singlisi vafot etgandi.







