O'zbekiston

Pensiyalar elektron hisoblanadi: yangi onlayn xizmat yo‘lga qo‘yiladi

“Mening pensiyam” xizmati orqali fuqarolar pensiya miqdorini oldindan bilishlari mumkin.

Pensiyalar elektron hisoblanadi: yangi onlayn xizmat yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda fuqarolar pensiya miqdorini oldindan aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu “Mening pensiyam” deb nomlangan yangi onlayn xizmat orqali amalga oshiriladi. Tizim 2026-yil 1-dekabrdan boshlab ishga tushiriladi.

 

Prezidentning tegishli farmonida pensiya va g‘aznachilik tizimlarini raqamlashtirish, xizmatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha qator topshiriqlar belgilangan. Jumladan, pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar proaktiv va interaktiv bo‘lib, aholi murojaatisiz avtomatik ko‘rsatiladi.

 

Shuningdek, “Raqamli g‘azna” tizimi orqali budjet jarayonlari avtomatlashtiriladi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab mazkur tizim ishga tushiriladi.

 

Bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,2 million nafarga yetgan. 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilishi belgilangan.

 

Eng kam miqdordagi pensiya va nafaqalar (oylik hisobda):

 

Nogironlik pensiyasi: 1 012 000 so‘m

 

Yoshga doir pensiya (eng kam): 918 000 so‘m

 

Mehnatga layoqatsizlar uchun nafaqa: 1 012 000 so‘m

 

Boquvchisini yo‘qotganlar uchun nafaqa: 820 000 so‘m

 

Urush qatnashchilari uchun pensiya: 4 462 000 so‘m

 

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori: 471 000 so‘m (2025-yil 1-iyuldan)

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.