Jahon

Xitoy elektr tarmoqlarini o'chirish uchun qurol yaratmoqda

Xitoyning ushbu yangi quroli 10 ming kv. metrni chiroqsiz qoldira oladi.

Xitoy elektr tarmoqlarini o'chirish uchun qurol yaratmoqda

 

Xitoy Markaziy televideniesida efirga uzatilgan animatsion video mamlakat yangi turdagi qurol ustida ishlayotganini ko‘rsatdi. Ushbu qurol elektr stansiyalari va uzatish tarmoqlariga zarba berib, katta hududlarda to‘liq elektr uzilishlariga olib kelishi mumkin.

 

TASS manbasiga tayanib, Oxu.Az xabar berishicha, Xitoyning aerokosmik fan va texnologiyalar davlat korporatsiyasi (CASC) bu qurol dushmanning boshqaruv tizimlarini ishdan chiqarishga qodir ekanini bildirdi. U kamida 10 ming kvadrat metr maydonda elektr ta'minotini izdan chiqarishi mumkin.

 

Qurolning aniq turi va nomi oshkor qilinmagan. Biroq, South China Morning Post (SCMP) nashri mutaxassislarga tayanib, bu grafit bombasi yoki raketa bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ushbu turdagi qurol elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvlarni vujudga keltirib, tizimlarni falaj qiladi.

 

Animatsiyada qurol quruqlikdagi transport vositasidan uchirilayotgani ko‘rsatilgan. U havoga ko‘tarilgach, silindrsimon idishlarni tarqatadi va bu idishlar ichidagi yupqa uglerod tolalari elektr tarmoqlarini shikastlaydi. Qurolning taxminiy uchish masofasi 290 km, zaryad og‘irligi esa 490 kg deb baholanmoqda.

 

SCMP'ga ko‘ra, hozircha Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (PLA) bu kabi tizimlarga ega ekani borasida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoy elektr tarmoqlarini o'chirish uchun qurol yaratmoqda | Zamon.uz