Eron rasmiysi Tramp va Netanyaxuni o‘ldirishga chaqirdi
Eron rasmiysi AQSh va Isroil rahbarlariga nisbatan qattiq tahdid bildirdi.

Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy idorasi matbuot kotibi, ulamo Alirizo Panahiyyan AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning bayonotlariga nisbatan keskin fikr bildirdi. Bu haqda “Azad Iran” Telegram-kanaliga tayanib, Oxu.Az nashri xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, agar biror shaxs Eron oliy rahbariga tahdid qilsa, u o‘lim jazosiga hukm qilinishi kerak. Panahiyyan Donald Tramp va Benyamin Netanyaxuni “oliy rahbarga tahdid qilgan” deb hisoblab, ularni o‘ldirish kerakligini aytdi.
“Bu fatvoga ko‘ra, dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lmasin, har bir musulmon ularni izlab, jazolashi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Mazkur bayonot xalqaro hamjamiyatda keskin noroziliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Rasmiy xalqaro tashkilotlar va hukumatlar bu boradagi munosabatini e’lon qilishi kutilmoqda.







