Tramp Suriya sanksiyalarini bekor qildi
Bu haqda Oq uy bayonot berdi.

30 iyun kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Suriyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risida farmon imzoladi. Oq uy bu qarorni “barqarorlik va tinchlik sari yo‘ldagi qadam” deya baholadi.
AQSh bayonotiga ko‘ra, yangi Suriya hukumati mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, diniy va etnik ozchiliklar xavfsizligini ta’minlashga va Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga intilmoqda.
Shu bilan birga, Rossiyaga qochgan sobiq prezident Bashar Asad, uning oilasi va avvalgi tuzum tarafdorlariga nisbatan sanksiyalar kuchda qolmoqda.
Suriyaning muvaqqat hukumati bu qarorni mamlakat iqtisodiyotini tiklash va xalqaro maydonga qaytish yo‘lida ijobiy o‘zgarish deb atadi. AQSh Moliya vaziriga ko‘ra, bu qaror Suriya xalqiga “yangi hayot” eshiklarini ochadi.







