Jahon

Marsga oid eng yirik meteorit Nyu-Yorkda auksionga qo‘yildi

24,5 kilogrammli Mars meteoritining narxi millionlab dollar bo‘lishi mumkin.

Marsga oid eng yirik meteorit Nyu-Yorkda auksionga qo‘yildi

 

Yerda topilgan Mars meteoritlari ichida eng yirigi sanaluvchi NWA 16788 nomli namunasi AQShning Nyu-York shahridagi Sotheby’s auksionida sotuvga qo‘yildi. Og‘irligi 24,5 kilogramm bo‘lgan ushbu meteorit o‘zining o‘lchami va rangidagi o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi.

 

Meteorit 2023-yil noyabr oyida Niger Respublikasining Agadez mintaqasidan topilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu hozirgacha Yerda topilgan barcha Mars meteoritlari orasida eng kattasi hisoblanadi.

 

Ilmiy tahlillarga ko‘ra, bu bo‘lak Mars yuzasidan kuchli asteroid zarbasi oqibatida ajralib chiqqan va sayyoralararo fazoda uzoq vaqt harakatlangach, Yer atmosferasiga kirib kelgan. Atmosferaga kirish paytida yuzasida yuqori harorat ta’sirida shisha qobiq hosil bo‘lgan. Uning tarkibida maskelynit kabi noyob Marsga xos minerallar aniqlangan.

 

Sotheby’s ushbu meteoritni “tabiiy tarixdagi eng noyob artefaktlardan biri” deb baholab, uni kolleksionerlar va ilmiy doiralar uchun yuksak qadrga loyiq ob’yekt sifatida taqdim etmoqda. Boshlang‘ich narxi bir necha million dollar bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shunga qaramay, ayrim olimlar bu kabi tarixiy topilmalarning xususiy qo‘llarga emas, muzey va ilmiy markazlarga topshirilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Chunki ular nafaqat ilmiy izlanishlar, balki keng jamoatchilik uchun ham katta ahamiyatga ega.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Marsga oid eng yirik meteorit Nyu-Yorkda auksionga qo‘yildi | Zamon.uz