Jahon

Tramp Yaponiya va Janubiy Koreya mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy qildi

Boj to‘lovi faqat tashqi mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Tramp Yaponiya va Janubiy Koreya mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy qildi

AQShning prezidenti Donald Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyadan keltiriladigan barcha mahsulotlarga 25 foizlik boj to‘lovi joriy etilganini e’lon qildi. Bu haqda u har ikki davlat rahbarlariga yuborgan rasmiy maktublarda bayon qilgan.

 

“Biz ushbu davlatlarning tarif va notarif to‘siqlari tufayli yuzaga kelgan savdo taqchilligiga barham berishimiz kerak. AQSh bozorida adolatli raqobat muhitini tiklash uchun shunday chorani ko‘rmoqdamiz”, — deyiladi Tramp bayonotida.

 

Trampning ta’kidlashicha, bu boj to‘lovi faqat tashqi mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi va AQSh hududida ishlab chiqarayotgan Yaponiya yoki Janubiy Koreya kompaniyalariga taalluqli emas. Shu tariqa u mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanini bildirdi.

 

Mutaxassislar bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlariga jiddiy ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda. Yaponiya va Janubiy Koreya hukumati hozircha bu borada rasmiy izoh bergani yo‘q.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"