Jahon

Eron Prezidenti Masud Pezeshkian taksi chaqarishga majbur bo‘ldi

Avtomobillar suv aralashgan benzin bilan to‘ldirilgani sabab prezident korteji yo‘lda buzilib qolgan.

Eron Prezidenti Masud Pezeshkian taksi chaqarishga majbur bo‘ldi

Eron Prezidenti Masud Pezeshkian yaqinda amalga oshirgan Tabriz safari chog‘ida noodatiy vaziyatga duch keldi. Prezidentning uchta xizmat avtomobili yo‘lda to‘xtab qoldi va u safarining bir qismini oddiy taksi yordamida davom ettirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda prezidentning maxsus inspektori Mostafo Molaviy ma’lum qildi.

 

Voqea Qazvin viloyatining Taqestan shahri yaqinida yuz bergan. Prezident va uning xavfsizlik xizmati vakillari avtoulovlarda Tabriz tomon yo‘lga chiqqanida, Rasht chiqish yo‘lidagi yo‘l bo‘yidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida avtomobillarini benzin bilan to‘ldirishgan. Ammo ko‘p o‘tmay, barcha avtomobillar texnik nosozlik sabab to‘xtab qolgan.

 

Tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, yonilg‘i quyish shoxobchasida suv aralashgan benzin sotilgan. "Bizning surishtiruvimizga ko‘ra, bu shoxobcha ilgari ham shunday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan", — dedi Molaviy.

 

Prezident Pezeshkian mahalliy hokimiyatdan yordam so‘rash o‘rniga, shaxsiy tashabbus bilan oddiy taksi chaqirib, Tabrizga yo‘l oldi. "Prezident viloyat hokimining idorasiga murojaat qilmadi va hech qanday rasmiy yordam so‘ramadi. U shunchaki taksiga o‘tirdi va safarini davom ettirdi", — deydi Molaviy.

 

Eron Milliy Neft Mahsulotlari Taqsimoti Kompaniyasi (NIOPDC) ushbu AYoQSh ilgari ham shikoyatlarga sabab bo‘lganini tasdiqladi. Ammo shunga qaramay, mazkur shoxobcha faoliyatini davom ettirayotgani borasida izoh berilmadi.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.