O'zbekiston

O‘zbekiston davlat idoralarida 128 mingdan ortiq qonunbuzarlik aniqlangani ma’lum qilindi

Xizmat ko‘rsatishda eng ko‘p qoidabuzarlik “Hududgazta’minot”da qayd etildi.

O‘zbekiston davlat idoralarida 128 mingdan ortiq qonunbuzarlik aniqlangani ma’lum qilindi

Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki olti oyi davomida O‘zbekiston davlat idoralari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida 128 mingdan ziyod qonunbuzarlik holatlari qayd etilgan.

 

Qoidabuzarliklarning eng ko‘pi xizmatni belgilangan muddatda ko‘rsatmaslik bilan bog‘liq — bunday holatlar soni 89,8 mingga yetgan. Shuningdek, xizmatni asoslantirilmagan holda rad etish bo‘yicha 23,8 mingta murojaat qayd etilgan. 814 ta holatda esa fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilingan.

 

Statistikaga ko‘ra, eng ko‘p qoidabuzarliklar “Hududgazta’minot” tizimida kuzatilgan — 12,9 mingta. Undan keyingi o‘rinlarda Kadastr agentligi (12,6 mingta), Sog‘liqni saqlash vazirligi (12,2 mingta) va “O‘zsuvta’minot” DUK (7,5 mingta) joylashgan.

 

Shunga qaramay, ko‘rsatkichlarda ijobiy dinamikaga ham erishilgan: qonunbuzarliklar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 baravarga kamaygan. Xususan, xizmat ko‘rsatish muddati bilan bog‘liq muammolar 3,5 baravar, xizmatni rad etish holatlari esa 2,3 baravar qisqargan.

 

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"