Kambodja va Tailand o‘rtasida sulh bitimi e’lon qilindi
Tomonlar Tramp vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi.

Kambodja va Tailand o‘rtasida yuzaga kelgan harbiy ziddiyat yuzasidan tomonlar o‘q uzishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu sulh AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida erishilganini Kambodja bosh vaziri Xun Sen e’lon qildi.
Xun Senning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan telefon orqali muloqotda Amerika rahbari mojaroning insoniy talofatlarga olib kelganidan jiddiy xavotir bildirgan va tinchlikni ta’minlash zarurligini alohida ta’kidlagan.
Tramp, shuningdek, Tailand bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Phumtham Vechayachai bilan ham suhbatlashgani, u ham o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni ma’qullaganini Xun Senga bildirgan.
Hozircha sulh shartlari e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, tomonlarning shartsiz ravishda harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishgani ijobiy diplomatik qadam sifatida e’tirof etilmoqda.







