Jahon

Turkiyada ayollar erkaklarga qaraganda uzoq umr ko‘rmoqda

Statistika instituti e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, mamlakatda o‘rtacha umr ko'rish yoshi 78 ga yetgan.

Turkiyada ayollar erkaklarga qaraganda uzoq umr ko‘rmoqda

Turkiya Statistika instituti tomonidan 2022–2024-yillarga oid “Hayot jadvali” statistik hisobotiga ko‘ra, mamlakatda tug‘ilgan chaqaloq uchun kutilayotgan o‘rtacha umr 78,1 yilni tashkil qilmoqda. Bu avvalgi yillarga nisbatan o‘sish kuzatilayotganini anglatadi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar uchun o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 80,7 yil bo‘lsa, erkaklar uchun bu ko‘rsatkich 75,5 yilni tashkil etmoqda. Shunga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 5,2 yil uzoq umr ko‘rmoqda.

 

Shuningdek, hisobotda ta’lim darajasi bilan umr davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan 30 yoshli shaxslar o‘rta ma’lumotlilarga nisbatan o‘rtacha 5 yil ko‘proq yashashi mumkinligi ta’kidlangan.

 

Sog‘lom umr ko‘rish davomiyligi esa o‘rtacha 57,6 yil deb baholangan: erkaklarda bu ko‘rsatkich 58,9 yil, ayollarda esa 56,3 yilni tashkil qilmoqda.

 

Yana bir muhim ko‘rsatkichga ko‘ra, 65 yoshga yetgan shaxslarning kutilayotgan umr davomiyligi o‘rtacha yana 18 yilni tashkil etadi.

 

Mutaxassislarning fikricha, umr ko‘rish ko‘rsatkichlarining o‘sishiga Turkiyada sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar, tibbiy xizmatlar sifatining oshishi hamda jismoniy faollikni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada ayollar erkaklarga qaraganda uzoq umr ko‘rmoqda | Zamon.uz