O'zbekiston

Andijonda dahshatli samosud bo‘ldi

8 iyunda yuz bergan janjalning videosi ijtimoiy tarmoqda tarqalgach, huquqbuzarlarga kecha, 27 avgust kuni chora ko‘rilgan.

Andijonda dahshatli samosud bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumanida bir guruh shaxslar janjallashgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, Asaka tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan X.J. shu yilning 8 iyun kuni tonggi soat 4:30 larda Asaka tumani Qadriyat mahallasi hududida fuqarolarning tinchini buzib, sheriklari bilan birga 2004-yilda tug‘ilgan X.D.ni o‘zaro kelishmovchilik ortidan urib do‘pposlab, unga yengil tan jarohati, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro R.B.ga esa o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazishgan.

 

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida fuqarolar X.JS.M. va O.M.larga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tamomlanib, 2025 yil 8 iyul kuni ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tumani sudi tomonidan 2025 yil 27 avgust kuni sudlanuvchilar X.JS.M.va o.M.larning xar biriga nisbatan 3 yil muddatdan ozodlikni cheklash jazolari tayinlangan.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"