Jahon

Germaniyada giyohvandlik sabab har kuni 6 kishi vadot etmoqda

30 yoshgacha bo‘lganlar orasida giyohvandlik tufayli o‘lim 14 foizga oshgan.

Germaniyada giyohvandlik sabab har kuni 6 kishi vadot etmoqda

Germaniya hukumati giyohvandlik va unga qarshi kurash bo‘yicha vakili Hendrik Streeck mamlakatdagi narkotiklar bozorida xavotirli tendensiyalar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda geroindan 500 baravar kuchliroq sintetik opioidlar — nitazenlar tobora ko‘proq uchramoqda. “Qalam uchi kattaligidagi doza inson hayotini olib qo‘yishi mumkin”, — dedi Streeck bild.de’ga bergan izohida.

 

Statistikaga ko‘ra, 2023-yilda Germaniyada giyohvand moddalar bilan bog‘liq o‘limlar bo‘yicha ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan — kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etmoqda. Shuningdek, 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida o‘lim darajasi 14 foizga oshgani alohida tashvish uyg‘otmoqda.

 

Mutaxassislar “yorilish” deb ataladigan moddalar bir martalik iste’molda ham kuchli qaramlik keltirib chiqarishini qayd etmoqda. Bundan tashqari, narkotik vositalar tobora ko‘proq Internet orqali sotilayotgani va bevosita uy manzillariga yetkazib berilayotgani kuzatilmoqda.

 

Komissarning fikricha, Germaniya nafaqat sintetik opioidlar, balki krek va kokain iste’molining ham keskin o‘sishiga guvoh bo‘lmoqda. “Bozor juda tez o‘zgarib bormoqda. Agar hozir chora ko‘rilmasa, vaziyat yanada xavfli tus oladi”, — deya ogohlantirdi Streeck.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.