Jahon

Qozog'istonda ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

Turk Madaniyati va Merosi Fondi hamda Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimligi hamkorligida Bäket Ata Mirzoqululo‘ning 275 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Qozog'istonda ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

Tadbirda Turk Madaniyati va Merosi Fondi nomidan tashkilotning loyiha menejeri Talqat Muxanov ishtirok etdi. U fond tomonidan amalga oshirilayotgan madaniy loyihalar, xususan turkiy xalqlarning umumiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘nalishida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Muxanov Bäket Ata Mirzoqululo merosining turkiy dunyoning ma’naviy birligida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi hamda bu merosning xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan kengroq o‘rganilishining ahamiyatini qayd etdi.

 

Tadbir “Aktov – 2025 yil Turkiy Dunyoning Madaniyat Poytaxti” dasturi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada Bäket Ataning boy ma’naviy-falsafiy merosi, uning turkiy dunyo madaniyatidagi o‘rni, shuningdek, Oqlandi va Qadim Beyneudagi muqaddas yerosti masjidlarining saqlanishi va targ‘ib qilinishi kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

 

Konferensiya turkiy davlatlar olimlari va xalqaro ilmiy markazlar vakillari ishtirokida ilm-fan va madaniyat sohasida hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, Markaziy Osiyoning noyob diniy-me’moriy merosini jahon miqyosida tanitishga hissa qo‘shadi.

 

Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari yerosti masjidlarning me’moriy-tarixiy ahamiyatini va ularning muhofaza maqomini o‘rganish, shuningdek, zamonaviy restavratsiya, saqlash va turizm yondashuvlarini qo‘llashga bag‘ishlangan. Ushbu mavzular doirasida olimlar va mutaxassislar yerosti masjidlarning diniy-madaniy merosdagi rolini, ularni asrash va kelajak avlodlarga yetkazish masalalarini muhokama etadilar.

 

Tadbir tematik bo‘limlari ikki asosiy yo‘nalishni qamrab oldi. Birinchi bo‘lim: Tarixiy-madaniy meros – Bäket Ata masjidlarini saqlash, restavratsiya qilish va targ‘ib etish, shuningdek, muqaddas turizm va barqaror rivojlanish masalalarini ilgari suradi. Ikkinchi bo‘lim: Tarix va etnografiya – arxiv va manbashunoslik tadqiqotlariga, ma’naviy merosning zamonaviy jamiyatdagi rolini ilmiy tahlil qilishga bag‘ishlanadi.

 

Konferensiyada Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Boshqirdistondan kelgan universitet o‘qituvchilari, taniqli olimlar, arxeologiya, me’morchilik, restavratsiya, muzeyshunoslik, din tarixi va etnografiya bo‘yicha mutaxassislar hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etmoqda.

 

Konferensiya nafaqat ilmiy muloqotni kuchaytiradi, balki turkiy dunyoning umumiy madaniy merosini asrash va uni xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga muhim hissa qo‘shadigan platformaga aylanadi.

 

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Demensiya, depressiv buzilishlar va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar oshgan.

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

Uning taʼkidlashicha, Boku har ikki davlat bilan strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Qozog'istonda ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi | Zamon.uz