Jahon

Jahon bozorlarida oltin narxi ilk bor 5 ming dollardan oshdi

2025-yildan buyon oltin qiymati 60 foizdan ortiq qimmatlab, tarixiy rekord qayd etdi.

Jahon bozorlarida oltin narxi ilk bor 5 ming dollardan oshdi

 

Jahon moliya bozorlarida geosiyosiy xavotirlar kuchayib borayotgan bir paytda oltin narxi keskin oshdi. Qimmatbaho metall qiymati ilk bor bir unsiya uchun 5 ming dollar chegarasidan oshdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yildan buyon oltin narxi 60 foizdan ortiq qimmatlab, so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etdi. Mutaxassislar buni global beqarorlik, siyosiy keskinliklar va investorlarning xavfdan qochib, xavfsiz aktivlarga yo‘nalyotgani bilan izohlamoqda.

 

Narxlarning oshishiga xalqaro siyosiy vaziyatdagi keskinlik ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, AQSh va NATO o‘rtasida Grenlandiya masalasi yuzasidan yuzaga kelgan tortishuvlar, shuningdek, moliyaviy bozorlardagi noaniqlik investorlar ishonchiga bosim qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Trampning savdo siyosati ham bozorlarga ta’sir ko‘rsatmoqda. U 24-yanvar kuni Kanada Xitoy bilan savdo kelishuvi tuzgan taqdirda 100 foizlik boj joriy etilishi mumkinligini bildirgan.

 

Oltin va boshqa qimmatbaho metallar an’anaviy ravishda xavfsiz aktiv sifatida baholanadi. Bozorlarda beqarorlik kuchaygan davrlarda investorlar ushbu turdagi aktivlarga ustunlik beradi. 23-yanvar kuni kumush narxi ham tarixiy darajaga yetib, bir unsiya uchun 100 dollardan oshdi. Bu 2025-yil davomida qariyb 150 foizlik o‘sishdan keyingi navbatdagi oshish sifatida qayd etildi.

 

Qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabning oshishiga yuqori inflatsiya, AQSh dollarining zaiflashuvi, markaziy banklar tomonidan oltin xaridlarining ko‘payishi hamda AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan foiz stavkalari pasaytirilishi kutilayotgani sabab bo‘lmoqda.

 

Oltinning jozibadorligi uning kamyobligi bilan ham bog‘liq. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar dunyo bo‘yicha 216 ming tonnadan ortiq oltin qazib olingan.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.