O'zbekiston

Lissabonda Yangi O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi tajribasi taqdim etildi

26–27-yanvar kunlari o‘tkazilgan xalqaro seminarda Yangi O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy tajribasi ilg‘or amaliyot sifatida taqdim etildi. O‘zbekiston ushbu tadbirga taklif etilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘ldi.

Lissabonda Yangi O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi tajribasi taqdim etildi

26–27-yanvar kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan davlat tuzilmalarini birlashtiruvchi “Amalga oshirish, hisobot berish va keyingi harakatlar boʻyicha milliy mexanizmlar xalqaro tarmogʻi”ning uchinchi xalqaro seminari oʻtkazilmoqda. Uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi koʻmagida Portugaliya Milliy inson huquqlari qoʻmitasi tashkil etdi.

 

Seminar dunyoning turli mintaqalaridan inson huquqlari boʻyicha milliy mexanizmlar, xalqaro tashkilotlar, BMT tizimi organlari, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati faollari va ilmiy doiralar vakillarini bir joyga toʻpladi.

 

Tadbir dasturi asosida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov maʼruza qildi. Maʼruzada Yangi Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasi idoralararo muvofiqlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro mexanizmlar tavsiyalarini monitoring qilishni raqamlashtirish, parlament nazorati va keyingi harakatlar jarayonlarida fuqarolik jamiyati ishtirokini taʼminlash sohasidagi ilgʻor amaliyot namunasi sifatida taqdim etildi.

 

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakl va vositalarini toʻldirishi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini mustahkamlashga koʻmaklashishi haqidagi 56-moddaning mustahkamlangani ushbu tizimni institutsional jihatdan mustahkamlashda muhim qadam boʻldi. Shuningdek, Konstitutsiyada davlatning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish majburiyati toʻgʻridan-toʻgʻri belgilab qoʻyildi.

 

Oʻzbekiston oʻz milliy tajribasini taqdim etish uchun Lissabon anjumaniga taklif etilgan Markaziy Osiyoning yagona davlati hisoblanadi. Milliy tajriba deganda, jumladan, mamlakat tomonidan amalga oshirish, hisobot berish va keyingi harakatlarning milliy mexanizmlarini institutsional mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarni amalda bajarish sohasida erishilgan taraqqiyotning xalqaro eʼtirofi aks etgan ibratli amaliyot haqida soʻz bormoqda.

 

Yalpi majlislar va mavzuli shoʻba yigʻilishlari doirasida BMT shartnomaviy organlari va Universal davriy sharh tavsiyalarining amaliy ijrosini taʼminlashda “Amalga oshirish, hisobot berish va keyingi harakatlar boʻyicha milliy mexanizmlarning xalqaro tarmogʻi” qanday ahamiyat kasb etishi xususida atroflicha fikr yuritilmoqda. Seminar ishtirokchilari bu boradagi tavsiyalarni kuzatib borishning raqamli vositalaridan foydalanish, mintaqaviy va mintaqalararo tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek, bunda parlamentlar, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar va fuqarolik jamiyatini jalb qilish mexanizmlarini batafsil muhokama qilmoqdalar.

 

Seminar mavzusi doirasida ayni sohadagi xalqaro muloqotni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tadbirning yakuniy xulosalari Asunsyon deklaratsiyasi va Marokash boshqaruv asoslari negizida ishlab chiqilgan “Amalga oshirish, hisobot berish va keyingi harakatlar boʻyicha milliy mexanizmlarning xalqaro tarmogʻi”ning 2026–2031-yillarga moʻljallangan harakatlar rejasini rasmiy qabul qilishga xizmat qiladi.

 

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.