O'zbekiston

O‘zbekistonning xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi tajribasi BMT bosh qarorgohida taqdim etildi

O‘zbekiston vakili Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan Xotin-qizlar maqomi bo‘yicha komissiyaning 70-sessiyasi doirasidagi qo‘shimcha tadbirda nutq so‘zladi.

O‘zbekistonning xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi tajribasi BMT bosh qarorgohida taqdim etildi

Ushbu tadbir “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda raqamli va intellektual texnologiyalardan foydalanish” mavzusiga bag‘ishlandi. U Xitoy, Malayziya, Misr hamda BMTning “BMT-Ayollar” va YUNFPA tuzilmalari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati Zamon.uz’ ga ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, tadbirda BMTga a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, jumladan, Xitoy delegatsiyasi rahbari, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi huzuridagi Bolalar va ayollar ishlari bo‘yicha milliy ishchi qo‘mita raisining o‘rinbosari Lin I, Malayziyaning BMTdagi doimiy vakili doktor Ahmad Faysal Muhammad, Xotin-qizlar ishlari bo‘yicha milliy kengash a’zosi, Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha Afrika alyansi rahbari doktor Amani Asfur tabrik so‘zlari bilan chiqish qildi.

 

Qo‘shma tadbir ishida “BMT-Ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Baxus va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) ijrochi direktori o‘rinbosari Diyena Keyta ishtirok etdi.

 

Asosiy sessiya doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratova ma’ruza qildi. U o‘z nutqida raqamli transformatsiya sharoitida gender tenglikni ilgari surish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi.

 

Xususan, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, ayollarning raqamli savodxonligini oshirish, ularning innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, raqamli zo‘ravonlik va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan kompleks davlat siyosati amalga oshirilayotgani qayd etildi.

 

O‘zbekiston vakili algoritmik gender tarafkashligi, raqamli tengsizlik va onlayn makondagi zo‘ravonlik kabi raqamli davrning tahdidlariga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning muhimligini ta’kidladi. Xotin-qizlarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun samarali huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligiga e’tibor qaratildi.

 

Tadbir doirasida ishtirokchilar ayollar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yuksaltirish va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish uchun sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va boshqa raqamli yechimlardan foydalanish borasidagi ilg‘or xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

 

O‘zbekiston tomonining ushbu tadbirdagi ishtiroki mamlakatning gender tenglikni ilgari surish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamjamiyat bilan faol hamkorlik qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

 

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.