Jahon

Eron vayronagarchiliklarga qaramay urushda g‘alaba qozondi — Xomanaiy

Eron oliy rahbari Hormuz bo‘g‘ozi nazorati yangi bosqichga ko‘tarilishi ta'kidladi.

Eron vayronagarchiliklarga qaramay urushda g‘alaba qozondi — Xomanaiy

 

Mojtabo Xomanaiy Eron harbiy mojarolar fonida mamlakat vayronagarchiliklarga qaramay g‘alabaga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda bayonot Eron davlat televideniyesi orqali e’lon qilindi deydi TASS.

 

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, “dushman hujumlari va bombardimonlari” oqibatida yetkazilgan zararlarga qaramay, mamlakat qurolli kuchlari urushni “buyuk g‘alaba” bilan yakunlagan.

 

Shuningdek, bayonotda Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni kuchaytirish masalasiga alohida urg‘u berilib, Eron ushbu strategik hududni boshqarishni “yangi bosqichga” olib chiqishi qayd etilgan.

 

Murojaatda aholi so‘nggi haftalardagi kabi ommaviy yurishlar va namoyishlarda faol ishtirok etishga chaqirilgan. Bayonot marhum Ali Xomanaiy vafotining 40 kunligi munosabati bilan e’lon qilingani ham ta’kidlangan.

 

Avvalroq ayrim xorijiy OAVlarda Mojtabo Xomanaiyning sog‘ligi bilan bog‘liq turli taxminlar bildirilgan edi. Biroq rasmiy Tehron vakillari bu xabarlarni rad etib, uning davlat boshqaruvida faol ekanini ma’lum qilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"