Jahon

Hormuz bo‘g‘ozida 3200 kema xavfsiz o‘tishni kutmoqda

Muqobil yo‘nalishlarga o‘tish logistika xarajatlari va yetkazib berish vaqtini oshirmoqda.

Hormuz bo‘g‘ozida 3200 kema xavfsiz o‘tishni kutmoqda

 

Xalqaro media manbalariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozida xavfsiz o‘tishni kutayotgan kemalar soni keskin oshgan. Fox News xabar berishicha, hozirda mazkur hududda qariyb 3200 kema navbatda turibdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 800 ga yaqini tankerlar va quruq yuk tashuvchi kemalardan iborat. Vaziyat mintaqada dengiz logistikasiga sezilarli bosimni kuchaytirmoqda.

 

Kpler tahlilchisi Mett Smit so‘nggi kunlarda bo‘g‘oz orqali neft mahsulotlari harakati deyarli to‘xtaganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bo‘g‘ozda neft oqimi kuzatilmayapti, amalda bu yo‘nalish to‘xtab qolgan”.

 

Xalqaro dengiz tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud holat tufayli mintaqada taxminan 20 ming dengizchi turli kemalarda qolib ketgan. Ayrim kemalar muqobil yo‘nalishlar orqali harakatlanayotgan bo‘lsa-da, bu logistika xarajatlari va yetkazib berish muddatlarining oshishiga olib kelmoqda.

 

Hormuz bo‘g‘ozi jahon energiya tashuvining muhim yo‘llaridan biri bo‘lib, global neft savdosining taxminan 20 foizi aynan shu hudud orqali amalga oshiriladi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"