Jahon

Uganda generali Turkiyadan 1 milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni talab qildi

Qo‘mondon Turkiyani Somalidagi infratuzilma loyihalaridan foyda ko‘rishda aybladi.

Uganda generali Turkiyadan 1 milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni talab qildi

 

Uganda qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Muhoozi Kainerugaba Turkiya bilan munosabatlar fonida keskin bayonot bilan chiqdi. U Turkiyadan 1 milliard dollar miqdorida mablag‘ hamda “eng go‘zal ayol”ni rafiqasi sifatida taqdim etishni talab qilganini ma’lum qilgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Generalning ta’kidlashicha, mazkur talablar Kampala va Istanbul o‘rtasidagi ehtimoliy keskinliklarning oldini olish maqsadida ilgari surilgan. U, shuningdek, agar ushbu talablar bajarilmasa, 30 kun ichida Turkiya bilan diplomatik aloqalar uzilishi mumkinligini bildirgan.

 

Muhoozi Kainerugaba o‘z bayonotida Turkiyani Somalidagi infratuzilma loyihalari hamda mintaqadagi iqtisodiy faoliyat orqali manfaat ko‘rishda ayblagan. Uning fikricha, talab qilinayotgan mablag‘lar Turkiyaning mintaqadagi ishtiroki uchun “xavfsizlik dividendi” sifatida qaralishi lozim.

 

Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishida Turkiyaning “eng go‘zal ayoli”ni o‘z rafiqasi sifatida taqdim etish haqidagi talabni ham bildirgan, biroq mazkur post keyinchalik o‘chirib tashlangan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.