Jinoyat

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan janjal fojia bilan yakunlandi

Marhumning o‘limiga ko‘krak qafasiga yetkazilgan jarohat va  yurak qismi zararlanishi sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan janjal fojia bilan yakunlandi

Toshkent viloyati Yangiyo'l shahrida pichoqbozlik oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. 

 

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 11 aprel kuni soat taxminan 20:20 larda “Qovunchitepa” mahalla fuqarolar yig‘ini Samarqand ko‘chasida joylashgan sartaroshxona kirish qismida ikki yigit o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

 

Janjal vaqtida gumonlanuvchi o‘zi bilan olib yurgan o‘tkir tig‘li pichoq bilan jabrlanuvchining ko‘krak qismiga bir marta zarba bergan. Olingan jarohatlar natijasida jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga ko‘krak qafasiga yetkazilgan jarohat va  yurak qismi zararlanishi sabab bo‘lgan.

 

Voqea joyiga shahar prokuraturasi va IIB rahbariyati, shuningdek tergov-tezkor guruh a’zolari yetib kelgan va  holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

 

Aniqlanishicha marhum 1999 yilda tug‘ilgan, oilali, ikki nafar farzandning otasi bo‘lgan. U sartaroshlik faoliyati bilan shug‘ullangan 

 

Gumonlanuvchi esa 2006 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan va vaqtincha ishsiz bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 12 aprel kuni gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olingan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.