Jinoyat

Toshkent aeroportida sport ozuqasi sifatida qadoqlangan narkotik moddalar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan 350 ming dollar qiymatdagi sintetik narkotik modda topildi.

Toshkent aeroportida sport ozuqasi sifatida qadoqlangan narkotik moddalar aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan sintetik giyohvandlik vositalarini biologik faol qo‘shimcha sifatida olib kirishga uringan qo‘shni davlat fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi bojxona nazoratining “yashil” yo‘lagidan o‘tishga uringan vaqtida uning bagajidagi sport ozuqasi sifatida taqdim etilgan ikki dona biologik faol qo‘shimcha qutisi bojxonachilar e’tiborini tortgan.

 

Tekshiruv davomida ushbu kapsulalar asl ko‘rinishidan farq qilishi aniqlangan. Xususan, ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra qutilarda 760 dona oq rangli kapsula bo‘lishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, amalda ularning soni 920 tani tashkil etgani, kapsulalar esa sariq va qizil ranglarda ekani ma’lum bo‘lgan. Bu esa mahsulotlar qo‘lbola tarzda qayta qadoqlanganini ko‘rsatgan.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, kapsulalar tarkibida “Alfa-PVP” turidagi sintetik narkotik modda borligi aniqlangan. Ushbu giyohvandlik vositalarining qora bozorida chakana narxi 350 ming dolllargacha yetishi qayd etildi.

 

 

"Toshkent-AERO" IBK tezkor tuzilmalari tomonidan tezkor tadbir Yuqorichirchiq tumanida davom ettirilib, ushbu yo‘lovchi keyinchalik "zakladka" usulida tarqatish uchun mo‘ljallangan giyohvandlik vositasini yashirib ketgan manzil-havola ham topilgan. Ko‘zdan kechirish jarayonida yashirin joydan bir dona polietilen paket topilib, uning ichida taxminan yarim kilogramm og‘irlikdagi “gashish” moddasi borligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.