Jinoyat

O'zbekistonda Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg giyohvand modda savdosi to‘xtatildi

Qonunbuzarlar mazkur giyohvandlik vositalarini Xorazm viloyatida sotmoqchi bo‘lgan.

O'zbekistonda Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg giyohvand modda savdosi to‘xtatildi

Xorazm viloyatida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, birinchi holatda Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan va avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Urganch tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv davomida uning yonidan 4 kg 407 gramm “opiy” moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Ikkinchi holatda esa “Beruniy–Urganch” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil Urganch tumanidagi “Cholish” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada avtomobilda ketayotgan Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan va muqaddam narkojinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxsga tegishli 4 kg 541 gramm “opiy” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Ta’kidlanishicha, har ikki holatda ham qonunbuzarlar Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan giyohvandlik vositalarini Xorazm viloyatida sotish orqali katta daromad olishni rejalashtirgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mutasaddilar giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashishda har bir fuqaroning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ekanini ta’kidlab, bunday illatlarga befarqlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini eslatdi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.