Jahon

Rossiyada portlash oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Portlash chiqindi konteynerlarini yuklash vaqtida sodir bo‘lgan.

Rossiyada portlash oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida chiqindi konteynerlarini yuklash vaqtida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

 

Shimoliy Osetiya rahbari Sergey Menyaylo ma’lum qilishicha, hodisa 17-aprel kuni ertalab Internatsionalnaya ko‘chasi va Partizanskiy tor ko‘chasi kesishgan hududda yuz bergan. Portlash vaqtida hududni tozalash ishlarini olib borayotgan kommunal xizmat xodimi voqea joyida vafot etgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, uning besh nafar farzandi bor.

 

Hodisa joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish olib bormoqda. Prokuratura tomonidan tekshiruv boshlangan, tergov organlari ham voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga chiqindi konteyneri ichida bo‘lgan portlovchi buyumlar sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"