Jahon

Turkiyadagi maktabda ota-ona o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Avvalroq Siverek va Qahramanmarashdagi maktablarda ham otishma sodir bo‘lgan edi.

Turkiyadagi maktabda ota-ona o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qildi

Turkiyaning Shanliurfa viloyati Siverek tumanidagi maktablardan birida ota-onalardan biri o‘qituvchiga pichoq bilan hujum qilishga uringan.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, qurollangan shaxs voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Politsiyaning tezkor aralashuvi natijasida ehtimoliy hujumning oldi olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

 

Qayd etilishicha, ushbu hodisa so‘nggi kunlarda Shanliurfa viloyatidagi ta’lim muassasalarida kuzatilayotgan navbatdagi xavotirli voqealardan biri bo‘ldi. Avvalroq Siverek tumanidagi maktabda yuz bergan hodisa oqibatida 16 kishi jarohatlangan edi.

 

Shuningdek, 15-aprel kuni Turkiyaning Qahramanmarash shahrida maktabda sodir etilgan qurolli hujumda 9 kishi halok bo'lgani ma'lum qilingan edi.

custom img

G‘azoda sulh e’lon qilinganidan beri 983 kishi halok bo‘ldi

2025-yil oktyabrda e’lon qilingan sulhga qaramay, G‘azoda harbiy harakatlar to‘xtamayapti. So‘nggi hujumlardan birida bir kishi halok bo‘ldi, umumiy qurbonlar soni esa qariyb ming nafarga yetdi.

custom img

Eron uran zaxiralariga kirish yo‘llarini portlatib, minalar o‘rnatmoqda

Tunnellarni qulatish va hududlarni minalashtirish boyitilgan uranni keyinchalik tekshirish, olib chiqish yoki qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada murakkablashtirishi aytilmoqda.

custom img

Rossiyada aviatsiya yonilg‘isi taqchilligi yuzaga keldi

Samolyotlar faqat parvozni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hajmdagi aviakerosin bilan ta’minlanmoqda.

custom img

Ali Xomanaiy 9-iyul kuni Mashhadda dafn etiladi

4–9-iyul kunlari Tehron, Qum va Mashhadda Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari o‘tkaziladi.

custom img

Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegaradagi bojxona postlarida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin

13-iyun soat 21:00 dan 14-iyun soat 08:00 gacha Qozog‘iston axborot tizimlarida uzilishlar kuzatiladi.

custom img

AQSH Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidentiga viza bermadi

Jibril Rajoub FIFA tomonidan Jahon chempionatiga taklif etilgan milliy futbol federatsiyalari rahbarlari qatoridan joy olgan, biroq viza masalasi hal etilmagan.

custom img

Tailandda malika Phatchara Kittiyaphaning vafoti munosabati bilan 15 kunlik motam e’lon qilindi

Malika 2022-yil dekabr oyida sport mashg‘ulotlari vaqtida hushidan ketganidan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.

custom img

Tinchlik hech qachon hozirgidek yaqin bo‘lmagan — Shahboz Sharif

Pokiston Bosh vaziri AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuv matni bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma'lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"