Jinoyat

Sirdaryoda taqiqlangan modda mavjud ozdiruvchi qahvalar to‘xtatib qolindi

Haydovchi mazkur mahsulotlarni 200 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Sirdaryoda taqiqlangan modda mavjud ozdiruvchi qahvalar to‘xtatib qolindi

Sirdaryo viloyatida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda mavjud bo‘lgan biologik faol qo‘shimchalarni noqonuniy olib kirishga urinish holati aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, “Malik” chegara bojxona posti orqali mamlakat hududiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida yuklar orasida bojxona nazoratidan yashirilgan, 8 va 10 grammli qadoqlarda joylangan uch turdagi qahva mahsulotlari aniqlangan.

 

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jami 2258 dona ushbu mahsulotlar tarkibida O‘zbekistonda muomalasi cheklangan “Sibutramin” moddasi borligi ma’lum bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi mazkur mahsulotlarni 200 AQSH dollari evaziga bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

 

 

Qonunchilikka muvofiq, ushbu moddaning hatto oz miqdori ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"