Jinoyat

Namanganda fuqarolarni Hajga noqonuniy yuborayotgan shaxs ushlandi

U fuqarolardan Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Namanganda fuqarolarni Hajga noqonuniy yuborayotgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida fuqarolarni “Haj-2026” mavsumiga noqonuniy tarzda yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahrida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi to‘rt nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, buning evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan mablag‘ning 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

“Haj” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun, 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lgan shaxslardan tashqari, boshqa barcha turdagi vizaga ega fuqarolarning Makkaga kirishi yoki shaharda qolishi taqiqlanadi.

 

Shuningdek, 13-apreldan e’tiboran Makkaga kirishni istagan shaxslar vakolatli organlardan rasmiy ruxsatnoma olishi lozim. Ruxsatsiz shaharga kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.