Jinoyat

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

U kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan binoni tadbirkorga auksionsiz olib berish evaziga 90 ming dollar talab qilgan.

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijon viloyatida bank tizimida faoliyat yuritgan mansabdor shaxs katta miqdorda pora olishda gumon qilinib ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatidagi banklardan birining bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni auksion va to‘g‘ridan to‘g‘ri sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgani holda, xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirmoqchi bo‘lgan.

 

U kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan, Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd so‘mlik xususiy davolash markazining 4 qavatli binosi auksion savdo platformasida sotuvdan qaytganligidan foydalangan.  Bank xodimi binoning narxini 12 mlrd so‘mga tushirib, bank tashkiloti hisobiga olib, mahalliy tadbirkorga auksion savdolarisiz 7-yil muddatga foizsiz kredit hisobidan olib berish evaziga 90 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs 40 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"