Jahon

AQSh, Xitoy va Rossiya endi Yevropaga qarshi turibdi — Makron

Fransiya prezidenti Yevropa davlatlarini o‘z manfaatlarini qat’iyroq himoya qilishga va faolroq siyosat yuritishga chaqirdi.

AQSh, Xitoy va Rossiya endi Yevropaga qarshi turibdi — Makron

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlarini o‘z manfaatlarini qat’iyroq himoya qilishga va faolroq siyosat yuritishga chaqirdi. Bu haqda Point.md yozmoqda.

 

Farnsiya yetakchisi hozirgi geosiyosiy vaziyatda AQSh, Xitoy va Rossiya Yevropaga nisbatan murakkab pozitsiyada turganini bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Makron bu bayonotni Afina shahrida Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan o‘tkazilgan muhokama chog‘ida bildirgan. Makronga ko‘ra, hozirgi vaziyat Yevropa uchun “uyg‘onish pallasi”dir.

 

“AQSh, Rossiya va Xitoy rahbarlari Yevropaga nisbatan qarshi pozitsiyada turibdi. Shu bois Yevropa o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi zarur”, — dedi u.

 

Makron Yevropa davlatlarini o‘ziga ishonchni oshirish va mustaqil siyosiy kun tartibini shakllantirishga chaqirdi.

 

Uning fikricha, AQSh bilan munosabatlardagi taranglik hatto Donald Tramp prezidentlik muddati yakunlangandan keyin ham saqlanib qoladi. 

 

“Bu vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli tendensiya. Ayrim yo‘nalishlarda hamkorlik davom etishi mumkin, biroq umumiy yondashuv o‘zgarmaydi”, — dedi Makron.

 

Fransiya prezidenti Trampning birinchi muddati Yevropada vaqtinchalik holat sifatida qabul qilinganini, biroq hozir bu qarash o‘zgarganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari endi birlashib, o‘z manfaatlarini faol himoya qilishi zarur.

 

Ma’lum qilinishicha, Makron Afinaga Yevropa kengashining Kiprda o‘tkazilgan norasmiy yig‘ilishidan so‘ng tashrif buyurgan. Gretsiya va Fransiya yaqin kunlarda ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvini yangilashni rejalashtirmoqda.

 

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.