Jahon

Moskvaga qish qaytdi: hududni qalin qor qopladi

Kuchli qor yog‘ishi sabab Moskva va viloyatda qariyb 200 ta daraxt qulab, avtomobillar va elektr tarmoqlariga zarar yetgan.

Moskvaga qish qaytdi: hududni qalin qor qopladi

Moskva va Moskva viloyatida kuchli qor yog‘ishi hamda shamol tufayli murakkab ob-havo sharoiti yuzaga keldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, 26-aprel kechidan boshlab ob-havo keskin yomonlashib, dushanba tongiga kelib hududni qalin qor qopladi. Gidromettsentr ma’lumotiga ko‘ra, Moskvada bir kun ichida oylik yog‘ingarchilik me’yorining qariyb yarmi yog‘gan. 27-aprel davomida yana 10 millimetrgacha yog‘ingarchilik tushishi kutilmoqda, qor yog‘ishi kechga borib yanada kuchayishi mumkin.

 

 

Noqulay ob-havo sabab Moskva va viloyatda qariyb 200 ta daraxt qulab avtomobillar va elektr tarmoqlariga zarar yetkazgan. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

 

 

Transport tizimida ham jiddiy uzilishlar qayd etildi. Qulagan daraxtlar sabab Moskvada avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirilgan. Moskva metrosining ayrim bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

 

 

Shuningdek, Vnukovo aeroportida bir necha reyslar kechiktirilgan, Moskvaga yo‘l olgan poyezdlar esa 2,5 soatgacha kechikish bilan harakatlanmoqda. Hudud aholisi yo‘llarda ko‘plab yo‘l-transport hodisalari yuz berayotganini bildirgan.

 

Avvalroq, Moskva va viloyatda qor, muzlama va kuchli shamol sabab “to‘q sariq” darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilingani ma’lum qilingandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.