O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdda Qo‘qondan Marg‘ilonga bordi

Farg‘ona vodiysi shaharlarini bog‘lovchi olti vagondan iborat, 586 o‘rinli poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdda Qo‘qondan Marg‘ilonga bordi

Farg‘ona vodiysida Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga ushbu yo‘nalishdagi ilk poyezdda Qo‘qon shahridan Marg‘ilon shahriga keldi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

 

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2030-yilga qadar temir yo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

 

Loyiha aholi zich yashaydigan Farg‘ona vodiysida transport qatnovini yaxshilash, fuqarolarga qulay, xavfsiz va arzon xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi tashish hajmini oshirishga xizmat qiladi.

 

324 kilometrlik ushbu temir yo‘l halqasi vodiy viloyatlarini o‘zaro yanada yaqinlashtirib, aholi, tadbirkorlar va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

 

 

Yangi poyezd Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqarilgan. Olti vagondan iborat, 586 o‘rinli poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.

 

Chipta narxi 15 ming so‘m etib belgilangan. Bu avtomobil transportiga nisbatan ancha arzon va qulaydir. Kuniga 1,5 ming, yiliga qariyb 600 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati hududda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.

 

 

Vagonlarda iqlim nazorati tizimi va konditsionerlar o‘rnatilgan. Bepul Wi-Fi, gadjetlar uchun USB-portlar mavjud. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar, keng joylar va moslashtirilgan hojatxonalar ko‘zda tutilgan. Velosipedlarni tashish uchun mahkamlagichlar yo‘lovchilarning safardan keyin harakatlanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

 

Vagonlardagi videokuzatuv va zarba kuchini kamaytiruvchi kresh-tizimlar xalqaro xavfsizlik standartlariga mos keladi. 

 

 

Yo‘l davomida Prezident viloyat faollari bilan hududda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida suhbatlashdi. Yangi temir yo‘l halqasi Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini ham yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlandi. 

 

Bekatlar atrofida xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish maskanlarini tashkil etish zarurligi, bu mahalliy aholi uchun qo‘shimcha daromad manbaini yaratishi qayd etildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.