Jinoyat

Toshkent aeroportida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh a’zosi ushlandi

U 4 nafar qizni aldab, ulardan birini Dubayga olib ketayotgan bo‘lgan.

Toshkent aeroportida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh a’zosi ushlandi

Toshkentda 4 nafar qizni aldab, ulardan birini Dubayga olib ketayotgan ayol aeroportda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qizlarni xorijiy davlatlarga jinsiy ekspluatatsiya uchun yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh vakili bo‘lgan, 2002-yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan ayol 4 nafar qizni aldab, ulardan birini o‘zi bilan birga Dubay shahriga olib ketayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi. 

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “z” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bu turdagi jinoyatlar uchun 5-yildan 10-yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

custom img

Toshkentda ofisdan 880 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

O‘g‘irlangan pullar uning yashash xonadonidan topilgan.

custom img

Andijonda sobiq erini o‘ldirish uchun 3 ming dollarga qotil yollagan ayol ushlandi

Ayol uy-joy nizosi sabab erini qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

custom img

Samarqandda erkak xotini va bojasini do‘pposladi

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqeaga er-xotin o‘rtasida rashk sabab kelib chiqqan mojaro sabab bo‘lgan.

custom img

Davlat raqamini yashirib harakatlangan "Matiz" haydovchisiga qonuniy chora ko‘rildi

YHXX "Matiz" haydovchisi va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv yuzasidan izoh berdi.

custom img

“Hududiy elektr tarmoqlari” Andijon filialining 12 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Filialda elektr hisoblagichlari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar aniqlanib, xodimlarga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

custom img

Jizzaxda 100 ming so‘m pora olgan PPX inspektoriga 20,6 mln so‘m jarima tayinlandi

U ikki yil muddatga IIOda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

custom img

Toshkentda 18 yoshli qizni shantaj qilib, 300 dollar talab qilgan yigit ushlandi

U qizning shaxsiy foto va videolarini internetda tarqatish bilan tahdid qilib, undan pul undirishga uringan.

custom img

Kanada va Koreyaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Gumonlanuvchilar ishga va o‘qishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan minglab AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"