Jinoyat

Toshkent viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq suv quvurlari talon-toroj qilindi

Holat yuzasidan Piskent tumani suv ta’minoti filiali rahbari va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq suv quvurlari talon-toroj qilindi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida suv ta’minoti obyektida yirik miqdordagi talon-torojlik holati fosh etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, holat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi hamda O‘zsuvta’minot AJ komplayens xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat o‘lchovlari davomida aniqlangan.

 

Tekshiruvlar Piskent tumani “Guliston” MFY hududida joylashgan “Sag‘anak” suv inshootini tuman suv ta’minoti filiali balansiga o‘tkazish jarayonida bajarilgan qurilish-montaj ishlari doirasida olib borilgan.

 

O‘rganishlar natijasida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Piskent tumani filiali rahbari B.K. hamda “A.” AJ mansabdor shaxslari oldindan til biriktirib, umumiy qiymati 3 mlrd 931,2 mln so‘mlik suv quvurlarining 3 mlrd 78,4 mln so‘mlik qismini, ya’ni 14 800 metrini qazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan mas’ul shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"