Jinoyat

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi

Bir nechta shaxslar qo‘lga olinib, 10 kilogrammga yaqin kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkent shahri va viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar shaxs ushlanib, ularning yonidan 500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Ularning mazkur dorilarni tarqatish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

 

Keyinchalik ushbu shaxslarga aloqador bo‘lgan yana bir tarqatuvchi ham qo‘lga olinib, uning yonidan ham 500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan.

 

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, mazkur dorilarning manbasini aniqlash ishlari olib borilgan. Natijada Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yana uch nafar shaxs qo‘lga olingan. Ularning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Uyda o‘tkazilgan ko‘rik davomida 9 kilogramm “Pregabalin”, 500 gramm “Tropikamid”, 600 dona “Pregabalin” dori vositalari hamda qadoqlash uchun mo‘ljallangan anjomlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"