Jinoyat

Andijonda Hajga yuborish uchun 18 ming dollar so‘ragan so‘ragan shaxs ushlandi

U ona-bolaning ishonchiga kirib, ulardan aldov yo‘li bilan pul olmoqchi bo‘lgan.

Andijonda Hajga yuborish uchun 18 ming dollar so‘ragan so‘ragan shaxs ushlandi

Andijonda Haj ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Zamon.uz’ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi shaxs aldov yo‘li bilan boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni va onasini bu yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga har biri uchun 9 ming AQSH dollaridan, jami 18 ming dollar talab qilgan.

 

DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 9 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"