O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaning sanoat va investitsiya salohiyati bilan tanishdi

Prezident tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni tinglab, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaning sanoat va investitsiya salohiyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifining ikkinchi kuni Farg‘ona shahridagi Investorlarga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida tashkil etilgan “Farg‘ona ekspo” xalqaro ko‘rgazmalar markazi faoliyati viloyatning iqtisodiy salohiyatini keng namoyish etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish va investorlar uchun qulay servis muhitini yaratishga qaratilgan.

 

 

Markaz nafaqat ko‘rgazma maydoni, balki tadbirkorlar va investorlar uchun yaxlit muloqot maydonchasi vazifasini o‘tamoqda.Besh gektar maydonni egallagan majmuada 200 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini namoyish etish imkoniyati yaratilgan.

 

 

Yangi barpo etilgan 8 qavatli binoning dastlabki ikki qavati savdo, investitsiya va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar uchun ajratilgan. Yuqori qavatlar esa investorlar va biznes vakillari uchun ofis sifatida taqdim etiladi.

 

 

Markazda yil davomida 15 ta tarmoq yo‘nalishi bo‘yicha doimiy ko‘rgazma-yarmarka faoliyat yuritadi. Bu yerda davlat idoralari, ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va investorlar bir maydonda uchrashib, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi. Farg‘ona tajribasining samaradorligini inobatga olgan holda, bunday zamonaviy ko‘rgazma zallarini Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham barpo etish rejalashtirilgan.

 

 

Prezidentga viloyat uchun taklif etilayotgan qator yirik investitsiya loyihalari taqdim qilindi. Jumladan, Xitoy bilan hamkorlikda “Yevrosiyo xalqaro savdo markazi”ni barpo etish, Janubiy Koreya bilan biopellet ishlab chiqarish va issiqlik energiyasi stansiyasini tashkil etish, Turkiya bilan zamonaviy tibbiyot klasterini shakllantirish rejalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, Fransiya, Ispaniya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar bilan hamkorlikda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan yirik infratuzilmaviy loyiha taqdim etildi.

 

 

Viloyatda 5 yulduzli mehmonxona va zamonaviy kongress-xoll qurish, Quvasoy shahrida yangi formatdagi istirohat bog‘ini tashkil etish, elektromobillar uchun akkumulyator ishlab chiqarish kabi istiqbolli tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.

 

 

Davlat rahbari markazda Farg‘ona viloyatining sanoat va xizmat ko‘rsatish salohiyatiga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Hunarmandchilik, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, charm-poyafzal va zargarlik sohalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.

 

Ikkinchi yirik zalda oziq-ovqat sanoati, ekologik transport, neft-gaz tarmog‘i, mebelsozlik, farmatsevtika va kimyo sanoatiga oid mahsulotlar taqdimoti tashkil etildi. Bu ko‘rgazmalar hududda ishlab chiqarish tarmoqlari keng qamrovda rivojlanayotganini namoyon qildi.

 

 

Shu yerning o‘zida davlat rahbari xorijiy tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Investitsiya loyihalarini jadallashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Xususan, oltinni qayta ishlash fabrikasi faoliyatini kengaytirish, zamonaviy kabel ishlab chiqarish korxonasini barpo etish bilan bog‘liq tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

 

Prezident tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni tinglab, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Barcha loyihalarni amalga oshirishda tezkorlik, samaradorlik va ochiqlikni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"