Jinoyat

Ohangaronda PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarga tegajog‘lik qilishda gumonlanmoqda

Mazkur holat yuzasidan  IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tekshiruv boshladi.

Ohangaronda PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarga tegajog‘lik qilishda gumonlanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaronda PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarni tog‘li hududga olib borib, ularga shilqimlik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, patrul-post xizmati xodimi 14 yoshli qiz va uning dugonasini majburlab avtomobilga o‘tqazib, olis hududga olib borgan va noqonuniy harakatlar sodir etgan. Qizlardan birining akasi telefondagi joylashuv orqali ularni topib borgan. 

 

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti bildirishicha, holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligining O‘z xavfsizligi bo‘linmasi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda bilan tekshiruv boshlangan. Hodisaning barcha ishtirokchilari va yuzaga kelgan holatlar aniqlangan.Xodim ishdan bo‘shatilgan.

 

“Keltirilgan holatlar tasdiqlangan taqdirda, uning harakatlariga qat’iy huquqiy baho beriladi, jumladan, jinoiy javobgarlikka tortilishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanadi”, deyiladi xabarda.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.