Jahon

AQSh sharmandali mag‘lubiyatga uchradi — Xomanaiy

Oliy rahnamo AQShning harbiy rejalari muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta'kidlamoqda.

AQSh sharmandali mag‘lubiyatga uchradi — Xomanaiy

Mujtabo Xomanaiy AQShning Eron bilan qarama-qarshilikda sharmandali mag‘lubiyatga uchraganini bildirdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

 

Murojaat Eron televideniyesi diktori tomonidan o‘qib eshittirildi va Xominaiyning rasmiy saytida e’lon qilindi.

 

Bayonotda Xomanaiy so‘nggi ikki oy ichida mintaqada kuzatilgan keskinliklarni tilga olib, AQShning harbiy rejalari muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, endilikda Fors ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘ozi atrofida “yangi bosqich” boshlanmoqda.

 

Xomanaiy mart oyida oliy rahbar lavozimini egallaganidan beri jamoatchilikka chiqmagan. Uning ushbu murojaati Eronda nishonlanadigan Fors ko‘rfazi kuniga to‘g‘ri keldi.

 

Xomanaiy murojaatida: “Mintaqadagi AQSh harbiy bazalari “hatto o‘z xavfsizligini ta’minlash salohiyatiga ham ega emas, ittifoqchilarini himoya qilish u yoqda tursin,” — dedi. 

 

Shuningdek, u Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan joriy etgan yangi boshqaruv tizimini mintaqa uchun “farovonlik va taraqqiyot” omili sifatida baholadi.

 

Xomanaiy AQShsiz Fors ko‘rfazida “yorqin kelajak”ni bashorat qilar ekan, mintaqaga tashqi aralashuvlarni keskin tanqid qildi.

 

Avvalroq Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham AQShning ehtimoliy dengiz blokadasini “muvaffaqiyatsizlikka mahkum” deb atagan edi. 

 

Uning fikricha, bunday choralar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash o‘rniga, aksincha keskinlikni kuchaytiradi.

 

Shu bilan birga, Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Shahram Irani yaqin vaqt ichida yangi ishlab chiqilgan dengiz qurollari joylashtirilishini bildirgan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"