Jinoyat

Toshkentda avtomobil ustida raqsga tushgan o‘smirlarga chora ko‘rildi

Voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda avtomobil ustida raqsga tushgan o‘smirlarga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning qatnov qismida avtomobil tomiga chiqib raqsga tushgan voyaga yetmaganlar aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 26-aprel kuni tungi soat 02:00 atrofida Yunusobod tumanidagi Amir Temur – Alisher Navoiy hamda Alisher Navoiy – Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Unda Nexia-2 rusumli avtomobil tomiga bir nechta voyaga yetmagan shaxslar chiqib, yo‘l o‘rtasida raqsga tushgan.

 

Aniqlanishicha, haydovchi voyaga yetmaganlar bilan muloqotga kirishib, avtomobildagi musiqa ovozini balandlatgan hamda ularning ushbu harakatiga sharoit yaratgan. Natijada yo‘l bezoriligi sodir etilgan.

 

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-prim 10-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, avtomobil esa jarima maydoniga joylashtirildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar Surxondaryo viloyatida istiqomat qiladi va ota-onasining qarovisiz Toshkent shahrida bo‘lgan. Ular Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan MJtKning 47-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"