Madaniyat

Buxoroda onlayn qimor o‘yini logotipi tushirilgan banner bo‘yicha ish sudga oshirildi

Ushbu banner Nodir Devonbegi madrasasi oldiga MMA bo‘yicha musobaqadan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘rnatilgan.

Buxoroda onlayn qimor o‘yini logotipi tushirilgan banner bo‘yicha ish sudga oshirildi

Nodir Devonbegi madrasasi oldiga onlayn qimor o‘yiniga oid reklama elementlarini o‘z ichiga olgan banner o‘rnatilgani aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrida 30 aprel kuni aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. Turnirdan oldingi matbuot anjumani shahardagi Nodir Devonbegi madaniy meros obyekti hududida o‘tkazilgan. Ushbu anjumanda madrasa oldiga onlayn qimor o‘yinlarini tashkil qiluvchi bukmekerlik kompaniyasining logotipi ham tushirilgan reklama banneri o‘rnatilgan. 

 

Qayd etilishicha, mazkur obyekt Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-son qaroriga muvofiq moddiy madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan. Shuningdek, u YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hudud tarkibiga kiradi hamda milliy va xalqaro miqyosda alohida tarixiy, me’moriy va madaniy ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi.

 

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, madaniy meros obyektlari hududida har qanday ommaviy tadbirlar Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda va tegishli ruxsatnoma asosida o‘tkazilishi lozim. Biroq o‘rganishlar davomida tadbirni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan nazorat reja agentlik bilan kelishilmagani aniqlangan.

 

Agentlikning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2026-yil 28-aprel kuni mas’ullarga tadbirni ruxsatnoma olinmaguncha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Shunga qaramay, tadbir o‘tkazilgani aniqlanib, 29-aprel kuni holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar to‘plangan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198⁵-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish materiallari sud organlariga yuborildi.

 

Agentlik bunday holatlarni madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholab, ularning tarixiy qiyofasi va madaniy ahamiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Shuningdek, barcha davlat idoralari va tadbirkorlar madaniy meros obyektlarini asrash va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqirildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum imzolandi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjonning mushtarak tarixiy merosi, islom sivilizatsiyasi va ilmiy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.