Jinoyat

Navoiy viloyatida oltinni noqonuniy qazib olish va qayta ishlash holati aniqlandi

Tomdi tumanida umumiy bahosi 569,8 mln so‘m bo‘lgan ma’danli toshlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Navoiy viloyatida oltinni noqonuniy qazib olish va qayta ishlash holati aniqlandi

2026-yil yanvar–mart oylarida bir nechta hududda oltinni noqonuniy qazib olish va qayta ishlash bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, to‘xtatildi. Bu haqda Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Tomdi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.I. va boshqa shaxslar “Bessopan” sanoat maydonida umumiy bahosi 569,8 mln so‘mlik, tarkibida 315,1 gramm oltin moddasi mavjud bo‘lgan 5 200 kg ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olayotgan vaqtida ushlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

 

Shuningdek, Konimex tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar T.T. va T.G‘. “Karakata” OFY hududida o‘zaro til biriktirib, tarkibida oltin mavjud qum va toshlarni maxsus uskunalar yordamida noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.

 

Xatirchi tumanida esa fuqaro U.R. “Zarafshon” MFYdagi xonadonida qum va toshdan oltin ajratib olish bilan shug‘ullanib kelgani fosh etilib, undan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 160 kg qum-tosh ashyoviy dalil sifatida olingan. Shu hududda yana bir fuqaro S.X. ham xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullangani aniqlanib, undan 300 kg qum-tosh shyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"