O'zbekiston

“Chorsu” metro kirish qismida drenaj tizimi tiklanmoqda

Drenaj tarmoqlarining yopilishi suv oqimini cheklab, metro kirishida suv to‘planishiga sabab bo‘lgan.

“Chorsu” metro kirish qismida drenaj tizimi tiklanmoqda

 

Toshkent shahridagi “Chorsu” metro bekati kirish qismida yuzaga kelgan suv to‘planishi holati yuzasidan drenaj tizimini tiklash ishlari boshlandi.

 

Poytaxt hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, 3-may kuni kuzatilgan yog‘ingarchilik vaqtida hududdagi irrigatsiya va drenaj tarmoqlarining ayrim qismlari noqonuniy ravishda yopib qo‘yilgani suv oqimining cheklanishiga olib kelgan. Natijada metro bekati kirish qismida suv yig‘ilishi kuzatilgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mavjud drenaj tizimi sutkasiga 20 mm yog‘ingarchilikni qabul qilish quvvatiga ega. Biroq mazkur holatda ikki soat davomida yog‘gan 12 mm yomg‘irga qaramay, tizim to‘liq ishlamagan. Bunga ayrim hududlarda avtoturargohlar va piyodalar yo‘laklari qurilishi jarayonida irrigatsiya tarmoqlarining to‘sib qo‘yilgani sabab bo‘lgan.

 

Shuningdek, ilgari mazkur hududda bunday muammolar kuzatilmagani, chunki drenaj tizimlari to‘liq va uzluksiz faoliyat yuritgani qayd etildi.

 

Vaziyatni bartaraf etish maqsadida hozirda yopib qo‘yilgan drenaj tarmoqlarini tozalash, ularni qayta tiklash hamda yangi muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun 36 km uzunlikdagi irrigatsiya va drenaj tarmoqlarini qamrab oluvchi kompleks master-reja ishlab chiqilgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.