Jahon

Eron Prezidenti BAAga qilingan dron va raketa hujumlaridan g‘azabda — OAV

Mas’ud Pezeshkiyon va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilik yuzaga kelgani aytilmoqda.

Eron Prezidenti BAAga qilingan dron va raketa hujumlaridan g‘azabda — OAV

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va mamlakat harbiy rahbariyati, xususan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilik yuzaga kelgani aytilmoqda. Bu haqda Iran International nashri manbalariga tayanib ma’lum qildi.

 

Tehrondagi muhokamalardan xabardor manbalarga ko‘ra, Pezeshkiyon Ahmad Vohidiy boshchiligidagi IIQK harakatlaridan qattiq g‘azablanganini bildirgan. U BAAga qarshi raketa va dron hujumlarini “mutlaqo mas’uliyatsizlik” deb atab, ular hukumatni ogohlantirmasdan va muvofiqlashtirilmagan holda amalga oshirilganini aytgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, Pezeshkiyon IIQKning mintaqaviy davlatlarga qarshi yondashuvini “telbalik” deb baholab, bu qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

Manbalarga ko‘ra, prezident vaziyatni muhokama qilish uchun Mujtabo Xomanaiy bilan favqulodda uchrashuv o‘tkazishni so‘ragan. Ushbu uchrashuvda u IIQKning Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi harakatlarini zudlik bilan to‘xtatish va keskinlashuvni kamaytirish choralarini ko‘rishni talab qilmoqchi.

 

Pezeshkiyon diplomatik yechimlar uchun hali imkoniyat borligini ta’kidlab, qisqa muddat ichida muzokaralarga qaytish zarurligini bildirgan. U xalqaro vositachilar orqali muloqotni tiklash tashabbusini ilgari surishni rejalashtirmoqda.

 

Ayni paytda dengiz hududidagi vaziyat yuzasidan qarama-qarshi bayonotlar berilmoqda. AQSh rasmiylari tijorat kemalari harakati davom etayotganini va vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qilgan. IIQK esa buni rad etib, “qoidabuzar kemalar” to‘xtatilishini bildirgan.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi hodisalarni keng ko‘lamli to‘qnashuv sifatida baholamagan va sulh rasman buzilganini e’lon qilmagan.

 

Tahlilchilar Eron ichidagi siyosiy va harbiy qarashlar o‘rtasidagi tafovut tobora chuqurlashib borayotganini aytmoqda. Bu esa davlat boshqaruvida bo‘linishni kuchaytirib, mamlakatni kengroq harbiy mojaro xavfiga olib kelishi mumkin.

 

Prezidentga yaqin manbalar uning xalqaro javoblardan jiddiy xavotirda ekanini bildirgan. Pezeshkiyon Eron yangi keng ko‘lamli urushni ko‘tara olmasligini va davom etayotgan harbiy harakatlar AQSh tomonidan iqtisodiy va energetika infratuzilmalariga zarba berilishiga olib kelishi mumkinligini qayd etgan.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.