Jahon

Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, bir bola yaralandi

Hujumning AQSh prezidenti Donald Trampga qaratilgan bo‘lishi mumkinligi o‘rganilmoqda.

Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, bir bola yaralandi

AQSh poytaxti Vashingtonda Oq uy yaqinida qurollangan shaxs bilan otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

 AQSh Maxfiy xizmati ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi agentlarga qarata o‘q uzganidan so‘ng javob o‘qi bilan yaralangan.

 

Hodisa dushanba kuni yuz bergan. Fuqarolik kiyimidagi agentlar qurol ko‘tarib yurgan “shubhali shaxs”ni aniqlab, uni kuzata boshlagan. Keyinchalik voqea joyiga yetib kelgan forma kiygan xodimlar gumonlanuvchini qo‘lga olishga uringan, biroq u qochishga harakat qilib, o‘q uzgan. Shundan so‘ng agentlar javob o‘qi otgan.

 

Yaralangan shaxs shifoxonaga olib ketilgan, undan o‘qotar qurol topilgan. Hodisa yuzasidan Kolumbiya Metropolitan politsiyasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Otishma vaqtida bir nafar bola ham jarohat olgan, biroq uning hayotiga xavf yo‘qligi aytilmoqda. Tergovchilar dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola gumonlanuvchi tomonidan yaralangan bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

 

Rasmiylarga ko‘ra, hujumchi AQSh prezidenti Donald Trampni nishonga olgan-olmagani aniqlanmoqda. Shuningdek, hodisadan sal avval hududdan o‘tgan vitse-prezident Jey Di Vens korteji bilan bog‘liqlik aniqlanmagan.

 

Mazkur voqea o‘tgan oy Oq uy muxbirlari kechasida Trampga nisbatan sodir etilgan suiqasdga urinishdan so‘ng yuz berdi. O‘shanda 31 yoshli Koul Tomas Allen prezidentni o‘ldirishga urinishda ayblanib qo‘lga olingan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.