Jinoyat

Xorazmda IIO xodimi 4,5 ming dollar bilan ushlandi

Tezkor tadbirlarda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodisti, FVB katta inspektori, vazirlik xodimi qo‘lga olindi.

Xorazmda IIO xodimi 4,5 ming dollar bilan ushlandi

O‘zbekistonda ishga joylashtirish, turli ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda ijtimoiy nafaqa tayinlash jarayonlari bilan bog‘liq bir qator korrupsiya holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda hududlarda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

 

 

Xorazm viloyatida aniqlangan holatda, viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kichik inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kirgan. U fuqaroning tanishini ichki ishlar organlariga ishga joylashtirib berishni va’da qilib, 4,5 ming AQSH dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida inspektor oldindan 1 800 AQSH dollari va 2,4 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

 

 

Toshkent viloyatidagi holatda esa tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodisti xususiy oilaviy bog‘cha tashkil etmoqchi bo‘lgan fuqarodan ruxsatnoma olib berish evaziga pul talab qilgan. U sanitariya talablariga moslik bo‘yicha hujjat tayyorlash uchun 1,5 mln so‘m, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ijobiy xulosa olish uchun esa 200 AQSH dollari so‘ragan. Metodist pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlangan.

 

 

Shuningdek, tezkor tadbir davomida ushbu mablag‘ning bir qismini olgan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta inspektori ham qo‘lga olingan.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan. Chimboy tumanida yashovchi ayol Kegeyli tumani fuqarosiga yoshga doir nafaqa tayinlab berishda ish stajini sun’iy ravishda ko‘paytirishni va’da qilib, 7 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u bu ishni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida ishlovchi o‘g‘li orqali amalga oshirishni rejalashtirgan.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"